Автор работы: Пользователь скрыл имя, 10 Января 2012 в 14:00, реферат
Mamlakatimiz mintaqalarida axborot va kommunikatsiya tеx_
nologiyalari, kasbiy ta’lim sohasida yosh mutaxassis bakalavr va
magistr kadrlarni tayyorlash, shuningdеk, o‘quv muassasalari, kor_
xona hamda tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi, shu_
ningdеk, mutaxassislar malakasini oshirishda qulaylik yaratish
maqsadida O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti (TATU)
filiallari tashkil etildi.
2005_yil 2_iyundagi PQ_91 sonli “Axborot tex_
nologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizi_
mini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga
asosan Toshkent axborot texnologiyalari uni_
versiteti (TATU) va uning viloyatlardagi 5 ta
filiali, jumladan, Samarqand filiali ham 2005_
2006 o‘quv yilidan boshlab faoliyat ko‘rsata
boshladi. TATU Samarqand filiali faoliyati
uchun Samarqand shahri markazidan bino
ajratildi va juda qisqa vaqtda zamonaviy ta_
lablar asosida sifatli ta’mirlandi. Jumladan,
kompyuter va o‘quv, laboratoriya xonalari
ta’lim standartlari asosida jihozlandi. Filial_
ning axborot resurs markazi (ARM) tashkil
etilib, kerakli adabiyotlar bilan ta’minlandi,
hozirgi kunda uning fondi o‘n to‘rt mingdan
ortiq ilm manbalarini o‘z ichiga oladi.
Filial o‘z faoliyatini “Axborot va pedagogik
texnologiyalar” fakultetining “Informatika va
axborot texnologiyalari” yo‘nalishi bilan bosh_
lagan bo‘lsa, hozirda fakultetda to‘rtta yo‘nalish,
ya’ni “Informatika va axborot texnologiyalari”,
“Kasb ta’limi (informatika va axborot texnologiya_
lari)”, “Telekommunikatsiya” va “Servis (axborot
servisi)” yo‘nalishlarida mingdan ortiq yoshlar
axborot va kommunikatsiya texnologiyalari so_
hasida ilm sirlarini o‘rganmoqdalar.
Fakultetda 5 kafedra mavjud, bular: Infor_
matika va axborot texnologiyalari; umumkas_
biy fanlar; tabiiy fanlar; ijtimoiy_gumanitar fan_
lar; tillar va jismoniy tarbiya kafedralaridir.
Filialda 93 nafar professor_o‘qituvchi,
jumladan, 8 nafar professor va fan doktor_
lari, 37 nafar dotsent va fan nomzodlari ta_
laba_yoshlarga ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha
bilim berish bilan birga, ularning ma’naviy
yetuk inson sifatida, jonajon Vatanimizni
sevish, unga sidqidildan xizmat qilishlari
yo‘lida tarbiyaviy ishlarni amalga oshirmoq_
dalar. Filial faoliyatida qulayliklarni yara_
tish va boshqaruvni zamonaviylashtirish
maqsadida ma’muriyat xodimlari, fakultet
dekanati, o‘quv, ma’naviyat va ma’rifat, tala_
balar bilan ishlash hamda xodimlar bo‘limi,
axborot_resurs markazi, kafedralar, shu_
ningdek, xo‘jalik bo‘limi bilan lokal tarmoq
orqali bog‘lanish yo‘lga qo‘yilgan.
Filialda O‘zbekiston Respublikasi Prezi_
denti, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish
agentligining qarorlari, farmoyish hamda
buyruqlari, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun,
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va davlat
ta’lim standartlari kabi me’yoriy hujjatlarda
belgilangan vazifalar muntazam ravishda
bajarilib kelinmoqda. Talabalar o‘qitilayotgan
barcha fanlar o‘quv mashg‘ulotlarida za_
monaviy pedagogik va innovatsiya texnologiya_
laridan foydalanishga alohida e’tibor qaratil_
gan. Filial o‘quv va talabalar turar joyi bino_
larida 9 ta zamonaviy kompyuter bilan
jihozlangan xonalar, 2 ta elektron kutubxo_
na, Internet tarmog‘i va o‘quv hamda ilmiy
laboratoriyalardan talabalar, professor_
o‘qituvchilar unumli foydalanmoqdalar. 2005_
2008 yillar mobaynida filial professor_
o‘qituvchilari ilmiy, ilmiy_uslubiy va yoshlar
tarbiyasiga oid Respublika hamda xalqaro
miqyosda o‘tkazilgan bir qator ilmiy anju_
manlarda faol ishtirok etdilar.
2005_2008 yillarda filialning iqtidorli va
faol talabalari 15 ta yo‘nalish bo‘yicha turli
tanlovlarda ishtirok etib, 400 dan ortiq sha_
har, viloyat, mintaqaviy respublika va xalqaro
miqyosdagi tanlovlar g‘olibligini qo‘lga kirit_
dilar. Uch yil mobaynida o‘tkazilgan talaba va
magistrantlarning ilmiy anjumanlari materi_
allari asosida ikki yuzdan ortiq maqolalarni
jamlagan anjuman to‘plamlari chop etildi.
Xalqaro va respublika anjumanlarda 50 ga ya_
qin iqtidorli talaba va magistrantlar ma’ruza
bilan ishtirok etdilar. Nazariy va amaliy jihat_
dan qiziqish uyg‘otgan iqtidorli talaba va
magistrantlarning ilmiy ishlari natijalarining
o‘ndan ortig‘i xalqaro va 30 dan ortig‘i respub_
lika anjumanlari materiallarida chop etildi.
Filialning 80 nafar talabalari xalqaro “Yosh
dasturchilar” kursini muvaffaqiyatli tugatib, ser_
tifikat sohibi bo‘ldilar. “Yosh dasturchilar” kur_
sida hozirgi kunda 20 nafar talaba ta’lim olmoq_
da. Iqtidorli talabalar tomonidan erishilgan
yutuqlar shahar, viloyat va respublika ommaviy
axborot vositalari tomonidan keng yoritilib
kelinmoqda. Filialning iqtidorli talabalari xalqa_
ro va respublika ilmiy anjumanlarida faol ish_
tirok etib keladilar. Filialning iqtidorli talaba_
laridan: 1 nafar (magistrant) — Prezident sti_
pendiyasi, 3 nafar (3_bosqich talabalari) —
Beruniy nomidagi stipendiyasi, 3 nafar (3_bos_
qich talabalari) — Aloqa va axborotlashtirish
agentligi stipendiyasi, 5 nafar (3_bosqich tala_
balari)_Radioaloqa va elektronika ilmiy tekshi_
rish jamiyatining stipendiyasi sohiblari, 3 nafar
(1_3 bosqich talabalari)_Mehr nuri stipendiyasi
tanlovi g‘oliblari, 1 nafar (magistrant) — “Yoshlar
yili” davlat dasturi bo‘yicha “Talabalar bahori —
2008” tanlovi g‘olibi, 4 nafar (1_4 bosqich tala_
balari) — “Kelajak ovozi” megatanlovining res_
publika bosqichi g‘oliblari, 6 nafar (2005_2006
o‘quv yilda II va III o‘rinlar — Fanlar olimpia_
dasining 2 fan bo‘yicha respublika bosqichi
g‘oliblari, 2006_2007 o‘quv yilida II va III o‘rinlar,
2007_2008 o‘quv yilda III va II o‘rinlar), 3 nafar
(Middle Asia regioni — Dasturlash bo‘yicha ja_
hon birinchiligi, 47 jamoa o‘rtasida III o‘rin), 18
nafar (Middle Asia regioni _Dasturlash bo‘yicha
jahon birinchiligining chorak finali g‘oliblari
(6 jamoada 3 nafardan iqtidorli va faol talaba_
lar) ekanligi bilan faxrlansa arziydi.
2008_yil 10_12 may kunlari Urganch shah_
rida o‘tkazilgan “Al_Xorazmiy_2008” hududiy
tanlovida filial iqtidorli talabalari jamoasi ish_
tirok etib, faxrli ikkinchi o‘rinni egalladilar. Shu_
ningdek, filial talabalari jamoasi dasturlash
bo‘yicha jahon chempionatining chorak va
yarim final musobaqasida ishtirok etdilar. 2008_
yilda “Kelajak ovozi” tashabbuslar markazi to_
monidan o‘tkazilgan tanlovning respublika bos_
qichida filial talabalari faol ishtirok etib, “Ax_
borot texnologiyalari” yo‘nalishi bo‘yicha faxrli
birinchi o‘rinni egalladi. “Kelajak ovozi” tashab_
buslar markazi tomonidan o‘tkazilgan tanlov_
ning viloyat bosqichida filial jamoasi birinchi
o‘rinni egalladi. Samarqand viloyatida axborot
texnologiyalariga ixtisoslashgan va boshqa
yo‘nalishlardagi kasb_hunar kollejlari va aka_
demik litseylar bilan, jami 12 ta o‘rta maxsus
ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda faoliyat
yo‘lga qo‘yilgan. Filial talabalari ushbu ta’lim
muassasalarida o‘quv va ishlab chiqarish amali_
yotlarini o‘tamoqdalar. Samarqand viloyati va
shahrida turli yo‘nalishlar hamda mavzularda
tashkil etilayotgan xalqaro, ilmiy, amaliy_uslu_
biy anjumanlar, tadbirlar, seminarlarda TATU
Samarqand filialida mehnat faoliyatini
o‘tayotgan axborot va kommunikatsiya tex_
nologiyalari sohasidagi olimlar, mutaxassislar
tajribalaridan hamda texnik jihozlaridan sa_
marali foydalanilmoqda, jumladan: 2007_yil 22_
26 may kunlari Samarqand shahrining 2750 yil_
ligiga bag‘ishlangan “Samarqand shahrining
umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tut_
gan o‘rni” mavzusidagi ilmiy simpoziumi; 2007_
yil 19_20 oktabr kunlari O‘zbekiston Fanlar Aka_
demiyasi Matematika va axborot texnologiya_
lari instituti hamda Samarqand davlat
universiteti hamkorligida “Dinamik sistemalar
va nokorrekt masalalar nazariyalarida yangi
yo‘nalishlar” mavzusida xalqaro anjuman; 2007_
2009 yillarning yanvar oylarida Buxoro, Navoiy
va Samarqand viloyatlarining shahar, tuman
hokimlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirokida_
gi mintaqaviy o‘qish dasturini amalga oshirish
anjumani; 2009_yil 9_10 fevral kunlari Yevropa
tajribasi asosida O‘zbekiston oliy ta’lim muas_
sasalarining reyting tizimini rivojlantirishga
qaratilgan TEMPUS fondining SCM_T076V06 loyi_
hasi bo‘yicha xalqaro seminar; 2009_yil 9_12 fev_
ral kunlari “O‘zbektelekom” AK ning “Muhandis_
lik_texnikaviy markazi” rejasi bo‘yicha “Samar_
qand telekom” mutaxassislari uchun “ADSL
modemlarni o‘rganish va qo‘llash” bo‘yicha
mintaqaviy seminarni alohida ko‘rsatish
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, qarorlari, ko‘rsatmalari, asar va
ma’ruzalarida belgilangan vazifalardan kelib
chiqqan holda, o‘quv yili davomida amalga
Информация о работе Mamlakatimiz mintaqalarida axborot va kommunikatsiya