Автор работы: Пользователь скрыл имя, 17 Декабря 2011 в 08:00, творческая работа
Shaxsiy kompyuterlar tarixidan.
Kompyuterning asosiy qurilmalari.
Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari.
2011
- yil
TOSHKENT
Moliya Instituti
MOLIYA – IQTISOD FAKULTETI
I KURS
TALABASI
BAJARDI : ARIFBAYEV BOBUR
QABUL QILDI :
SHAXSIY
KOMPYUTER VAZIFASI
Reja:
Tarix
Shaxsiy
kompyuterlar
1 - shaxsiy kompyuter 1973-yil Fransiyada Truong Trong Ti tomonidan ishlab chiqarilgan. Avvaliga mazkur kompyuter elektron o’yinchoq sifatida qabul qilingan. So’ngra bu kompyuter 1977-yilda amerikalik Stiv Jobs boshliq “Apple Compyuter” firmasi tomonidan mukammallashtirilib, ommaviy ravishda chiqarila boshlandi.
Kompyuter - bu turli hajmdagi, har xil ko’rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmadir.
Asosiy
qurilmalar
Sistema
bloki
Monitor
Klaviatura
Sistema
bloki
Asosiy
qurilmalar
Sistema bloki asosiy xotira, protsessor va elektron sxemadan tashkil topgan. Asosiy xotira esa tezkor xotira qurilmasi (TXQ) hamda doimiy xotira qurilmasi (DXQ)dan tashkil topgan. TXQda (boshqacha nomi RAM ― Random Access Memory) kompyuterga kiritilgan va ish jarayonida hosil bo’lgan barcha axborotlar saqlanadi. Kompyuter manbaadan uzilgach TXQdagi ma’lumotlar o’chib ketadi. DXQda esa axborotlar o’zgarmasdan doimiy saqlanadi.
Sistema
bloki
Ona
plata
Ona plata (ingl. Motherboard
yoki ingl. mainboard
— Asosiy plata; материнка)
Shaxsiy kompyuterning asosiy komponentlari
(Markaziy protsessor, TXQ kontrolleri
va TXQ, yuklanuvchi DXQ, BIOS kontrollerlari) o’rnatiladigan plata.
Odatda ona platada razyomlar (slotlar) joylashgan bo’ladi.
(Материнская плата)
Protsessor
Sistema
bloki
Markaziy protsessor (ingl. central processing unit - CPU, markaziy hisoblash qurilmasi). 1971-yilda Intel firmasi tomonidan 2250 tranzistorli birinchi mikroprotsessor 4004 ishlab chiqarilgan. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajaruvchi, boshqaruvchi qurilma. Har bir dastur buyruqlar ketma-ketligidan tashkil topadi. Protsessor shu buyruqlarini bajaradi. Protsessorlar o’ta katta integral sxemalar asosida quriladi. Protsessor tezligi 1 sekundda bajaradigan amallar soni bilan belgilanadi va u Hz (gers) larda o’lchanadi. Protsessorning bir vaqtning o’zida necha bit bilan ishlashi uning razryadini belgilaydi. Hozirgi kunda 8, 16, 32, 64, 128 razryadli protsessorlar keng qo’llanilmoqda.
Operativ xotira
(RAM)
Sistema
bloki
RAM - Random Access Memory (tanlov asosida ixtiyoriy qismiga murojaat qilinadigan xotira) Bu qurilma registrlardan tashkil topgan. Registr ― bu ma’lumotlarni ikkilik shaklda vaqtinchalik saqlovchi qurilma. Registr triggerlardan tashkil topadi. Triggerlarning miqdori kompyuter necha razryadli ekanligini ko’rsatadi. Registr (uyacha) larning har bir razryadiga 1 bit axborot to’g’ri keladi. 8 bit axborot birgalikda 1 baytni tashkil qiladi. Har 1 bayt o’z tartib raqami(adresi)ga ega bo’ladi. Uyachaning uzunligi mashina so’zi uzunligini belgilab beradi.
Qattiq disk
(VINCHESTER)
Sistema
bloki
HDD (ingl. Hard Disk Drive – qattiq disk qurilmasi) kompyuterning tashqi xotirasi bo’lib, sistema blokiga o’rnatiladi hamda ma’lumotlarni saqlashda ishlatiladi. Uning hajmi bir necha 10 Gbaytdan - 10 Tbaytgacha yetadi. Vinchestor deganda, silindrsimon germetik idishda joylashtirilgan, bir o’qqa mustahkamlangan ustma - ust disklar majmui tushuniladi. 1 - vinchestor 1973 - yilda IBM firmasi tomonidan 3340 modelida yaratilgan.
Monitor
Asosiy
qurilmalar
Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarni ekranda yoritib berishga xizmat qiladigan qurilma. Monitor grafik yoki matn holatida ishlashi mumkin. Matn holatida belgi o’rinlari deyiluvchi alohida qismlarga, grafik holatida esa piksel nomli nuqtalarga bo’linadi. Monitordagi piksellarning umumiy miqdori hamda ranglar soni monitorning imkon darajasini belgilaydi. Hozirda monitorlarning HGC, CGA, EGA, VGA va SVGA turlari keng tarqalgan.
Klaviatura
Asosiy
qurilmalar
Klaviatura (ingl. keyboard) Kompyuterga turli shakldagi axborot kiritish yo’llaridan biri klaviaturada joylashgan tugma (klavish)lar ko’magida amalga oshiriladi. Aniq bir tugma yoki tugmalar birikmasining bosilishi aynan mos ikkilik kodining kiritilishiga olib keladi. Bunga sabab shriftlovchi nomli mikrosxema ma’lum tugma bosilishida hosil bo’luvchi signalni ikkilik kodiga aylantirib beradi. Standart klaviaturalarda 101 yoki 102 ta klavish bo’ladi. Oldingi turlarida 86 ta bo’lgan. Vazifasiga ko’ra klaviaturadagi klavishlar 6 guruhga bo’linadi. Ular 1) funksional 2) alifbo-raqamli 3) yo’nalishli 4) raqamlar paneli 5) maxsuslashtirilgan 6) modifikatorlar
Qo’shimcha
qurilmalar
Sichqoncha
Printer
Skaner
Modem
DVD
diskovod
Flesh xotira
Qo’shimcha
qurilmalar
Sichqoncha
Sichqoncha (ingl. mouse – sichqon) ma’lumot kiritish qurilmasi bo’lib, biror tekislik bo’ylab yurg’izilganda ostidagi lazer nuri harakat haqidagi ma’lumotni kompyuterga uzatadi va ekrandagi kursor mos yo’nalishlarda harakatlanadi. Sichqonchaning tugmalari yordamida kompyuterga biror buyruq berish mumkin. Birinchi sichqonchali kompyuter ― Xerox 8010 Star Information System mini-kompyuteri 1981-yilda ishlab chiqarilgan.
Qo’shimcha
qurilmalar
Printer
Printer (ingl. Printer – chop qiluvchi) ma’lumotlarni qog’ozga chiqarish qurilmasi. Printerlarning uch xili mavjud: bosma, purkovchi va lazerli. Bosma printer ignalar yordamida, purkovchisi naycha yordamida, lazerli printer esa maxsus baraban yordamida chop qiladi. Purkovchi hamda lazerli printerlar yordamida rangli ma’lumotlarni chop etish mumkin. Birinchi uyali printerlar 1985-yilda ishlab chiqarilgan.
Qo’shimcha
qurilmalar
Skaner
(ingl. scanner - o’qib oluvchi) ma’lumotlarni
nurli lampa yordamida rasmli ko’rinishda kompyuter xotirasiga o’qib
oluvchi qurilma. Skanerlarning asosan ikki turi mavjud: stol usti skanerlari
va qo’l skanerlari. Hewlard Packard, Epson, Canon firmalarining skanerlari
dunyoga mashhur.
Skaner
Qo’shimcha
qurilmalar
Modem
Modem (abbr. modulyator, demodulyator) Kompyuter signallarini telefon signallariga aylantiruvchi va aksincha telefon signallarini kompyuter signallariga aylantiruvchi qurilma. Ya’ni modem telefon tarmoqlari orqali kompyuterlarni o’zaro bog’lashni ta’minlovchi qurilmadir. Modemlar tashqi va ichki bo’ladi. Shaxsiy kompyuterlar uchun birinchi modem 1979-yilda Hayes Microcomputer Products kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Qo’shimcha
qurilmalar
DVD – CD
diskovodlar
Kompakt disklardan ma’lumot o’qish va ularga ma’lumot yozish qurilmasi. Ma’lumot o’qish va yozish lazer nuri yordamida amalga oshiriladi. Kompakt disk yuzasiga 1 li bitlarni yozishda diskning ma’lum yuzasiga lazer nuri ta’sir qildiriladi va shu yuzada iz qoldiriladi.
Qo’shimcha
qurilmalar
Strimmer
Strimmer (ingl. Streamer – uzun hilpirovchi lenta) vinchesterdagi eng zarur axborotlarni buzmasdan asrash uchun uning nusxasini ko’chirib zahirada saqlash uchun xizmat qiladigan qurilma. Strimer ma’lumotlarni magnit tasmalarga juda tez ko’chirishni tashkil etadi. Magnit tasmalar sifatida audio yoki video tasmalardan foydalaniladi.
Qo’shimcha
qurilmalar
Flesh
xotira
Flesh (ingl. flash – qisqa xabar) juda katta hajmdagi axborotni o’z ichiga sig’dira oladigan yarim o’tkazgichli xotira. Hozirgi kunda flesh xotiralarning hajmi 32 Gb gacha bo’lgan axborotni o’ziga sig’dira oladigan turlari mavjud. Ma’lumot yozish tezligi 6700 kbayt/sek gacha yetadi. Ma’lumot o’qish tezligi esa 18000 kbayt/sek gacha boradi.
Qo’shimcha
qurilmalar
Plotter
Plotter (ingl. plotter – grafik printer) ― katta hajmdagi chizmalarni chop qilishga mo’ljallangan qurilma. Chizmalarni tushlangan pero yordamida hosil qiadi. Plotter yordamida o’lchami 300 x 300 sm bo’lgan chizmalarni ham chop etish mumkin. Rolikli plotterlar qog’ozni pero ostida harakatlantiradi, planshetli plotterlar esa peroni qog’oz ustida harakatlantiradi.
Tamom
Foydalanilgan
manbaalar:
Ru.Wikipedia.Org
2011 - yil