Автор работы: d*************@gmail.com, 26 Ноября 2011 в 22:30, реферат
Jahon tarixiy tajribasining ko'rsatishicha, mustaqillikni qo'lga kiritgan, milliy va ijtimoiy ozodlikka erishgan har qanday mamlakat, xalq va millat oldida davlat qurilishining u yoki bu turini, demokratiyaga borishning o'ziga xos va mos yo'lini, yangi jamiyat barpo etishining o'z andozasini erkin va ixtiyoriy ravishda tanlab olish, hayotga joriy etishdek o'ta murakkab va nihoyatda mas'uliyatli vazifa ko'ndalang bo'lib turadi.
G'ayri insoniy g'oya xukmronlik qilgan mustabid, tuzum davridagi ijtimoiy adolatsizliklar va qonunsizlik jabr-jafosini uzoq yillar davomida ko'rgan o'zbek xalqi jamiyat va davlat faoliyatining xamma jabxalarida qonun, faqat qonun ustuvorlik qiladigan davrlar yetib kelishini zo'r intizorlik bilan kutgandi. Mustaqillik tufayli uning orzu-niyatlari ro'yobga chiqdi. huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatimiz tashkil topayotganligi bu yildagi qutlug' qadamdir. Qonun ustuvorligiga asoslanib faoliyat ko'rsatadigan jamiyat va davlatda yashaydigan inson dunyoda o'zini baxt-saodatli hisoblaydi. Bunday jamiyat va davlatni xalq ommasi, jamiki fuqarolar o'zining birdan-bir suyanchig'i, posboni, najot qal'asi deb biladi va xurmat qiladi. Xalqning manfaatlarini, qadr-qimmatini o'z himoyasiga oladigan qonunlarning quli sifatida xizmat qilishni fuqarolar o'zi uchun or-nomus deb emas, balki fahr-iftixor, shon sharaf deb biladi va uni e'zozlaydi.
Asosiy qonunda belgilab qo'yilganidek, O'zbekiston Respublikasida davlat xokimiyati uning birdan-bir manbai bo'lgan xalq manfaatlarini ko'zlab va Konstitusiyamiz hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidan amalga oshiriladi. Xalq davlatni boshqarishni bevosita yoki saylab qo'yilgan o'z vakillari orqali amalga oshiradi. Xalqning davlatni bevosita boshqarish vositalarining asosiylaridan biri-referendumdir. Referendum o'tkazish qonun yo'li bilan belgilanadi. Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muxokamasiga taqdim etiladi, ya'ni referendum o'tkaziladi. Referendumda qabul qilingan qarorlar bizda oliy yuridik kuchga ega bo'lib, uni faqat referendum o'tkazish yo'li bilan bekor qilish mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 10-moddasida aytilishicha «O'zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.
Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs O'zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga xaqli emas».
Konstitusiyamizga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti O'zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi xokimiyat boshlig'idir. Prezident ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi.
Prezident O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy teng va tug'ridan-tug'ri saylov huquqiy asosida yashirish ovoz berish yo'li bilan besh yil muddatga saylanadi.
Konstitusiyaning
o'n tuqqizinchi bobida O'zbekiston Respublikisining yuksak vakolatlari
to'la ifodalangan. Ulardan ba'zi birlari quyidagilardan iborat:
O'zbekiston
Prezidenti
Mamlakat ichkarisida va Xalqaro munosabatlarda respublikasi nomidan ish kuradi;
Respublika Oliy Majlisiga har yili ichki va xalqaro ahvol xususida ma'lumotnoma takdim etadi, ijro etuvchi xokimiyat devonini tuzadi va unga raxbarlik qiladi;
Respublika oliy xokimiyati va boshqaruv organlarining baxamjixat ishlashini ta'minlaydi;
Bosh Vazir, uning birinchi o'rinbosari, o'rinbosarlarini, Vazirlar Maxkamasi a'zolarini, O'zbekiston Respubikasi Bosh Prokurori va uning o'rinbosarlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni Oliy Majlisning tasdig'iga kiritadi;
Oliy Majlisi Konstitusiyaviy sud raisi va a'zolari, Oliy sud raisi va a'zolari, Oliy xujalik sudi raisi va a'zolari lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
Viloyatlar xokimlarini va Toshkent shahar xokimini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
Respublika Qurolliy Kuchlarining Oliy Bosh qo'mondoni hisoblanadi.
Davlat xokimiyatining
yana bir tamoyili-bu xokimiyatning taqsimlanishidir. Bu demokratik huquqiy
davlatga xosdir. Ana shu tamoyil asosida davlat organlari tashkil qilinadi.
Natijada biron-bir davlat organida xaddan tashqari vakolatlar to'planib
qolishining oldi olinadi. Turli davlat organlarining vakolatlari aniq
bo'lib, ular bir-birining vazifasini bajarishga, o'rnini bosishga harakat
qilmaydi. Turli davlat organlari bir-birini nazorat qilib turadi. Xokimiyatning
su'istemol qilinishiga yo'l qo'ymaydi.
Xokimiyatning bo'linish tamoyili Asosiy Qonunda hamda O'zbekiston Prezidenti asarlarida belgilab berilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining II-moddasiga muvofiq davlat xokimiyati tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatidan iborat.
O'zbekistonda uch xokimiyatdan har birining vakolatlari va vazifalarining aniq belgilab qo'yilganligi, ularning mustaqil faoliyat ko'rsatishlari jamiyatimizda ijtimoiy adolatni qaror toptirish va qonunchilikni mustaxkamlashda katta o'rin tutadi.
Konstitusiyada belgilab qo'yilganidek, O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi xokimiyatni amalga oshiradi, shahar va tuman Kengashlari tomonidan bajariladi.
O'zbekistonda qonun chiqaruvchi xokimiyat organi-respublika parlamenti dastlab Oliy Kengash deb atalib 1990-1994 yillarda faoliyat ko'rsatdi. Oliy Kengash murakkab davrda-sobiq Sho'rolar tuzumining qonunlari xali kuchda bo'lgan paytda faoliyat ko'rsatgan bo'lishiga qaramay yaxshi va unumli ishladi. Yangi jamiyat qurish yo'lida sobiq Oliy kengashimiz 200ga yaqin qonunlar va 500dan ziyod qarorlar qabul qildi. O'zbekitson istiqlolini e'lon qilib, davlat mustaqilligining siyosiy-huquqiy asoslarini, ma'naviy negizlarini tayyorladi va amalga oshirdi. Mamlakatimiz tarixida birinchi bor O'zbekiston Prezidentini sayladi. Mustaqillik Deklaratsiyasini e'lon qildi. O'zbekistonning davlat mustaqilligi haqidagi tarixiy qonunlarni va uning Asosiy Qonunini qabul etdi. Bularning barchasi tarixiy voqeadir.
2002 yilda umumxalq referednumi o'tkazildi va referendum natijasida O'zbekistoni Respublikasi qonun chiqaruvchi xokimiyati Oliy Majlis ishlash tartibi ikki palatali Parlament asosida amalga oshirila boshlagan. Mazkur yilda O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining yangi taxriri nashr etilgan. Bu xujjatda parlament vakolatlari tulik o'z ifodasini topgan.
O'zbekiston Xalqi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishni konstitusiyaviy normalar asosida bosh maqsad etib belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti shunday degan edi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati-ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustivor bilib, u insonning o'z-o'zini kamol toptirishga monelik kilmaydi, aksincha yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklarini tila darajada riyobga chiqishiga kumaklashadi. Ayni vaqtda, boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishga yil qo'yilmaydi. Yani erkinlik va qonunga biysunish bir vaqtning o'zida amal kiladi». Buning uchun, eng avval, kishilarning siyosiy faolligini yuksak darajaga kitarishiga alohida e'tibor karatish talab etiladi. Fuqarolarning siyosiy-ijtimoiy jixatidan yetukligi uning davlat hayotida faol ishtirok etishi bilan belgilanishi shubxasiz.
Istiqlolga erishilgan kundan to shu bugunga qadar, O'zbekiston Respublikasi suveren davlat sifatida o'zining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy qudratini jadallik bilan qadam-baqadam rivojlantirib kelmokda.
O'zbekiston Respublikasida kelgusida huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsadida juda katta ishlar amalga oshirilib kelinmokda. Shu maqsadda oxirgi uch yil mobaynida O'zbekiston parlamentini ikki palatali qilib shakllantirish uchun bir nechta qonun xujjatlari qabul qilindi. Ular orasida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar bo'lib o'tdi va bu g'oyat muhim voqea esa tariximiz saxifalariga zargal harflar bilan yozib kuyildi.
Mamlakatimizda 2002 yilning 27 yanvarida o'tkazilgan umumxalq referendumi va u asosida qabul qilingan “Referendum yakunlari hamda davlat xokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari tuurisida”gi, “O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tuurisida”gi, “O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi tuurisida”gi konstitusiyaviy qonunlari ikki palatali parlament tizimiga o'tish uchun zarur xuknastoy semeni lna kulturnogoukiy asosni yaratdi. Shu qonunlar asosida O'zbekiston Konstitusiyasiga tegishli o'zgartirishlar kiritildi, saylovlar tuurisida qonunlarimiz esa yanada takomillashtirildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Konstitusiyamiz, respublikamizning saylov qonunchiligi talablari hamda xalqaro me'yor va qoidalarga tiliq amal qilgan xolda, ochiqlik va siyosiy bagrikenglik sharoitida itgan saylovlar mamlakatimiz demokratik qurilish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yilidan dadil qadamlar bilan ilgari borayotganining yana bir yorqin dalili bildi”1 – deb ta'kidladi Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qishma majlisidagi ma'ro'zasida.
Albatta, erkin demokratik jamiyat qurish istagi bilan yashayotgan har bir xalq yaratilayotgan har bir qonunning adolatli, xalqchil, sodda va tushunarli, inson xuquq va manfaatlarini yanada chuqurroq himoya qila oladigan bilishiga erishishga intiladi.
Izbekiston Respublikasida ikki palatali parlamentning shakllantirishdan maqsad esa quyidagilardan iborat:
Birinchidan–parlament iz vakolatlarini samarali amalga oshirilishi, har tomonlama asosli va puxta qarorlar qabo'l qilishi uchun zarur bilgan izaro muvozanat va cheklovlar tizimini yaratish;
Ikkinchidan–+onunchilik palatasi iz faoliyatini doimiy professional tarzda olib borishini nazarda to'tgan xolda, parlamentning qonun ijodkorligi borasidagi ishining sifatini keskin oshirish;
Uchinchidan-Senat asosan maxalliy Kengashlar, xududlarning vakillaridan iborat bilishini hamda vakillik vazifasini bajarishini inobatga olib, umumdavlat va xududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish.
Tirtinchidan-Aholining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki kilamini yanada kengaytirish.”
Yuqorida ta'kidlab itilgan maqsadlar avvalo, mamlakatimizni modernizatsiya qilish borasida o'zoqni kizlaydigan “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” degan tamoyil asosida amalga oishirilishi kerak, albatta. Iylaymizki, ikki palatali parlamentning afzalliklari juda kip. Bunday parlament faoliyatida jamiyatning turli qatlamlari doirasi kengroq qamrab olinadi, xududlar manfaati esa tiliq aks etadi. Albatta yuqori palata deputatlariga quyi palata deputatlariga nisbatan yanada kiproq talab qiyiladi.
Shuning uchun yuqori palata tarkibida malakasi yuqori, tajribasi kip, yoshi va xurmati uluu bilgan kishilar biladi. Bu palata iz faoliyati orqali quyi palatani muvozanatga solib turadi, u qabo'l qilgan qonun va qarorlarni takomillashtiradi, baxs-munozaralarda esa bexuda extiroslarga berilmaydi, kirilayotgan masalalarni davlat manfaatlari foydasiga xal qilishga intiladi.
Bundan tashqari, ikki palatali parlament quyi palatani professional asosda shakllantirishga imkon yaratadi. Shu asosda deputatlarning maxsus bilim va malakaga ega bilishi, siyosiy-ijtimoiy jarayonlardan yaxshi xabardorligi, shu bilan birga maxoratti ular tayyorlayotgan qonun loyixalari sifatiga xam ijobiy ta'sir etadi. O'zbekiston Respublikasining Ijro etuvchi xokimiyatini Vazitrlar Maxkamasi amalga oshiradi. Agar kuchli ijroiya xokimiyati bo'lmasa eng demokratik yo'l bilan qabul qilingan qonunlar xam bajarilmasligi aniq. Amalga oshmagan qonunning amaliy ahamiyati bo'lmaydi. Mamlakatimizda ijro xokimiyati Prezident va Vazirlar Maxkamasi tomonidan, joylarda esa tuman, shahar va viloyat xokimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sud xokimiyati O'zbekiston Respublikasi davlatchilik tarixida ilk bor faqat mustaqillik xokimiyat tarmogi sifatidagi mavqesi, vakolatlari, huquqlari ta'minlandi. Konstitusiyaning 106-moddasida «O'zbekiston Respublikasida sud xokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi xokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil xolda ish yuritadi» deb ko'rsatilgan. Sud xokimiyati Qonunning ustunligini barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta'minlaydi. Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga buysunadilar. Mustaqillik yillarida demokratik huquqiy davlatni barpo etish, davlat hayotining huquqiy asoslarini yaratish, xokimiyat vakolatlarini taksimlash masalasida juda katta ishlar amalga oshirildi. Prezident Islom Karimov ta'kidlaganidek, «Davlat xokimiyatining tashkil etilishi va faoliyat tartibi vakolatlarning taksimlanish tamoyili asosida amalga oshiriladi. qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyati-davlatning uchta asosiy tayanchidir».
Parlament xo'zuridagi Inson huquqlari bo'yicha vakil (ombudsman) instituti O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Oliy Majlisning birinchi sessiyasida tashkil etildi va 1995 yil 6 mayda Oliy Majlis qaroriga binoan uning xo'zurida Vakilning inson huquqlari borasidagi vazifalarni namunali amalga oshirishiga kumaklashish uchun fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya qilish Komissiyasi tashkil etildi. Vakil va Komissiya faoliyati Oliy Majlisning 1995 yil 29 avgust Qarori bilan tasdiqlangan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) tug'risidagi Nizom bilan tartibga solingan.
Inson huquqlari bo'yicha vakil haqidagi qonun loyixasi umumxalq muxokamasi uchun «Xalq so'zi», «Narodnoye slovo» gazetalarida 1997 yil 14 fevralda e'lon qilindi. 1997 yilning 24 aprelida esa O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasida «Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) tug'risida» Qonun qabul qilindi.
Mazkur qonun inson huquqlari bo'yicha Vakilning huquqiy xolatini, faoliyat sohasi va tamoyillarini, shuningdek, lavozimga saylanish va ishdan bo'shatilish tartibini, fuqarolarning shikoyat va arizalarini kurib chiqishdagi vakolatlari hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoyalashdagi huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradi. Bu institut 1809 yil Shvesiyada ilk konstitusion normalar yuzaga kelishi va xokimiyat, boshqaruv va sud organlarining ularga rioya qilishlari ustidan parlament nazorati urnatish zaruriyati paydo bo'lganligi tufayli yuzaga kelgan. Belgilangan lavozimning shu vaqtga qadar dunyoda uxshashi bo'lmagan, zero «ombudsman» avvalboshda fuqarolarni ma'muriyat jabr-zulmidan himoya qilish funksiyasini utagan. «Ombudsman» o'rta asrlardagi shved tilida «ombud» so'zini, ya'ni kuch-qudrat, obro'-e'tibor degan ma'noni anglatib, shu ish bilan shug'ullanuvchi shaxs, vositachi yoxud boshqa odamlar vakili hisoblanadi. huquqiy ma'noda ombudsman ishonchga loyik betaraf shaxsni bildiradi. U fuqarolar huquqini hamda barcha davlat organlari va ularning vakillari ustidan keng nazorat olib borish shaklidagi bevosita parlament nazorati olib borishga vakolatlangan.
1919 yildan
boshlab bunday organlar asta-sekin boshqa mamlakatlarda ta'sis etildi
va huquqiy nazorat tizimiga kiritildi. Ular parlament va sud nazorati
tarzida, shuningdek ma'muriy organlar tomonidan amalga oshirila bordi.
Bunday institutga extiyoj mavjud bo'lgan, boshqa institutlar davlat
boshqaruviga nisbatan yetarli nazorat vazifasini bajara olmagan va demokratik
davlatda ma'muriy o'zboshimchalikdan fuqarolarni kushimcha himoya qilish
zarurati yuzaga kelgan paytda paydo bo'ldi. Ombudsman parlamentning
barcha ijroiya organlari ustidan an'anaviy nazorat olib borishiga yordamlashadi,
ularni to'ldiradi va kengaytiradi. Shu sababdan jahonning aksar mamlakatlari
o'zlaridagi mavjud nazorat shakllarini yana bir shakl – «ombudsman»
modeli bilan boyitmokdalar.
Xozirgi vaqtda dunyoda yuzga yaqin «ombudsman» mavjud bo'lib, mazkur lavozimdagi shaxslar ba'zi mamlakatlarda «ombudsman», ba'zilarida vositachi (mediator), uchinchi bir xillarida esa parlament vakili va turtinchilarida, xuddi bizning O'zbekistonimizda bo'lganidek, Inson huquqlari bo'yicha vakil deb yuritiladi. Xorijiy mamlakatlar tarixi va amaliyoti bu institutning ikki xil turi: parlament ombudsmani (Shvesiya, Buyuk Britaniya va boshqalar) hamda ijroiya xokimiti ombudsmani (AQSh, Fransiya, Kanada) borligidan guvoxlik beradi. Ombudsman institutining vakolatli yoki ijroiya xokimiyati organi ekanligi uning huquqiy bazasiga, lavozimiga tayinlanish va ishdan bo'shatilishiga, uning funksiyasi taxliliga karab aniqlanadi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) o'z faoliyatini olib borishda uning faoliyatini tartibga soluvchi Qonungagina emas, balki boshqa normativ huquqiy xujjatlarga xam asoslanadi. Bunday xujjatlar katoriga kotibiyat faoliyati tug'risidagi Nizom, Vakil koshidagi Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish Komissiyasi Reglamenti, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) tug'risidagi Nizom kabilar kirib, bo'lar Vakil faoliyatining barcha yo'nalishlarini batafsil belgilab beradi.
Vakil o'z vazifalarini bajarishda 1994 yil 6 maydagi «Fuqarolar murojaatlari tug'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, 1995 yil 30 avgustdagi «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini bo'zadigan harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish tug'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O'zbekiston Respublikasining boshqa qonun xujjatlari hamda inson huquqlari bo'yicha Xalqaro konvensiyalarga amal kiladi.
O'zbekistondagi
Vakil keng huquqiy vakolatlarga ega bo'lib, uning faoliyati davlat va
fuqaro, jamiyat va shaxsga oid ijtimoiy munosabatlarning muhim sohasini
o'z ichiga oladi. Xozirgi zamon jamiyati hayoti va faoliyatining Vakilga
taallukli bo'lmagan birorta sohasi yo'q, chunki inson va uning xak-huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlari Vakilning asosiy dikkat ob'ekti
hisoblanadi.
Vakil quyidagi
huquqlarga ega:
shikoyatni ko'rib chiqish;
arizachi o'z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun foydalanishi mumkin bo'lgan vositalar va shakllarni ko'rsatish;
shikoyatni uning mohiyatiga kura xal qilishga vakolatli bo'lgan tashkilot yoki mansabdor shaxsga yuborish;
arizachini uning huquqlari va qonuniy manfaatlaria daxldor xujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishtirish;
shikoyatni ko'rib chiqishni sababini albatta ko'rsatgan xolda rad etish;
qonun xujjatlariga zid bo'lmagan boshqa chora-tadbirlarni qurish.
Информация о работе Huquqiy davlat va yangi xokimiyat organlarining barpo etilishi